Belgilanmagan yerga chiqindi tashlamang!
Kattaqo‘rg‘on shahar G‘arbmasjid MFYda olib borilgan nazorat tadbirlari jarayonida shu mahallada yashovchi fuqaro R.X va I.G kundalik turmush sharoitida hosil bo‘lgan maishiy va qattiq chiqindilarni mahallaning belgilanmagan yerga tashlayotganligi aniqlandi.
Holat Kattaqo‘rg‘on shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-moddasi prim1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.
Samarqand viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati









