Ozodalik posbonlariga hayitlik ulashildi

Ob-havoning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ko‘chalarimizning ozodaligi uchun qayg‘uradigan fidoyi insonlar bor. Ular — obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridir.

Bugun Qurbon hayiti munosabati bilan shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizning fayzi va go‘zalligi, orastaligi yo‘lida tunu kun mehnat qilayotgan ana shunday fidoyi insonlar bilan uchrashdi. Hokim ularning zahmatli mehnatini alohida e’tirof etib, minnatdorchilik bildirdi. Bayram munosabati bilan barcha ishchi-xodimlarga hayitliklar va bayram sovg‘alari topshirildi.

«Biz bayramni toza va shinam ko‘chalarda kutib olishimizda ushbu fidoyi hamshaharlarimizning hissasi beqiyos. Albatta, mehnatni qadrlash — eng oliy fazilat», — dedi hokim.

E’tibor va g‘amxo‘rlikdan xodimlarning boshi ko‘kka yetdi. Bayram muborak bo‘lsin, aziz mehnatkashlar!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan