“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

Nurobod tumanidagi “Sazagan” okrug poligonida “Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro bellashib, o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdilar.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on shahar 11-maktab jamoasi;
2-o‘rin — Pastdarg‘om tumani 7-maktab jamoasi;
3-o‘rin — Paxtachi tumani 17-maktab jamoasi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shahrimiz jamoasini ushbu natija bilan tabriklaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan