Samarqand Pedagogika texnikumida Navro‘z shukuhi!

Bugun texnikum hovlisida bahor ayyomi, yangilanish va yasharish ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan «Har kuning bo‘lsin Navro‘z!» shiori ostida «Osh sayli» tashkil etildi. Tadbirda  shahar Yoshlar ishlari bo’limi boshlig’i B.Kuziyev ham ishtirok etib,  bayram qatnashchilarini Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

Bahorning yangilanish nafasi ufurib turgan ushbu fayzli kunda texnikum maydoni bayramona bezatilib, o’qituvchilarimiz va o’quvchilarimiz quvonchi va shodiyonalari bilan Navro‘zning ezgulik, mehr-oqibat va birlik timsoli ekanligi yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Navro‘z — bu yangilanish, ezgulik va mehr bayrami. Texnikumimizda o‘tgan bugungi shodiyona esa ana shu qadriyatlarni yanada mustahkamlab, qalblarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan