NAVRO‘Z — QADIM QADRIYATLAR BESHIGI

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan shahrimizda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ham milliy qadriyat va an’analarimizning o‘ziga xos ifodasi bo‘lgan Navro‘z bayrami o‘zgacha kayfiyatda keng nishonlandi.

Institut hovlisida bayramona dasturxonlar yozilib, Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova so‘zga chiqib, barchani yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam bilan  muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdi.
 
Bayram tadbirida xalqimizning qadimiy va sevimli taomlaridan biri bo‘lgan xalisa katta mehr va birdamlik ruhida tayyorlanib, mehmonlarga tarqatildi.
 
Tadbir davomida yosh, iste’dodli talabalar tomonidan bahor, tinchlik va Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bir olam quvonch ulashdi hamda ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan