XALQ DEPUTATLARI КАТТАҚЎРҒОН ШАҲАР KENGASHI TOMONIDAN 2026-YIL 24–27-MART KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish bo‘yicha
Deputat R.Rasulov tomonidan Islom Shoir mahallasining Bahor va Yoshlik ko‘chalarida dastur asosida 800 metr yo‘lni asfaltlash ishlari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 12-Nizomiddin Zokirov saylov okrugi deputati M.Sidiqova tomonidan Damariq mahallasi hududida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mahalla hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ular tomonidan aholi bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Kattaqo’rg’on shahar «Ziyolilar» MFY hududida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin -qizlarning muammolari shahar Kengash deputati Sh.Xudayberdiyeva tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida deputatning tashabbusi bilan homiylar jalb qilinib, moddiy yordam berildi va kommunal tulovlarini qarzdorligini tulashida amaliy yordam ko’rsatildi.
1-Sanoat saylov okrugi deputati J.Abdullaev tomonidan G‘arb Machit MFYda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi muammolar o‘rganildi. Bunda «Narpay tuman tajribasi» namunasida aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, ekologiya, infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar banki yaratildi.
14-Kunjupay saylov okrugi deputati, shahar hokimi Alimova Gavxar Zayirovna tomonidan Nurafshon mahallasida sayyor qabul o’tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan muammolari o‘rganildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar 8-Amir Temur saylov okrugi deputati Rustamova Dilfuza Muhitdinovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Amir Temur MFYda hokim yordamchisi Azimov Shoxruz Shukrullaevich tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari ish o‘rinlari tashkil etilishi va aholi bandligiga ko‘maklashish, shu jumladan, ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini hamda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir ishlari yuzasidan deputatlik nazoratini olib borildi.
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich Kattaqo‘rg‘on shahar “Noqis” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla yettiligi bilan uchrashib mahalladagi muammolarni hal etish, dasturlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlar shuningdek “Narpay tuman tajribasi” asosida muammolar bankini yaratish, aniqlangan muammolarni shahar, viloyat hamda respublika darajasiga ajratib chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Rahimova Feruza Shavkatovna hamda shahar Kengashi deputati Rustamova Dilfuza Muhiddinovnalar tadbirkor va sotuvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulot yetkazib berishdagi uzilishlar, ulgurji narxlardagi o‘zgarishlar hamda sun’iy narx oshirish holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi. Aholi bilan muloqot davomida mavjud narx-navoga bo‘lgan munosabat va takliflar o‘rganildi.
Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i Ochilov Murodillo Amriddin o‘g‘lining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonida har bir berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonunining ijrosi yuzasidan hisoboti Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Ziyaev Lazizbek Samandarovichning Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bandligini taminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan mo‘hokama qilindi.
2026-yil 26-mart kuni Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova 4-MTTda bo’lib obodonchilik ishlari, bolajonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich Kattaqo‘rg‘on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatini o‘rgandi.
Bunda nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati ko‘rib chiqildi.
12-Nizomiddin Zokirov saylov okrugi deputati Sidiqova Marhabo Ergashevnaning tashabbusi bilan “Damariq” mahallasi B.Mashrab ko‘chasi 116-uyda yashovchi fuqaro Sharipov Asliddinning murojaatiga amaliy yechim topildi. Ushbu fuqaroga uy-joyini ta’mirlab olishi uchun 30 dona shifer mahsulotlari shuningdek Beklar ko‘chasi 1-uyda yashovchi fuqaro Tosheva Merinisoning murojaat ham o‘rganib chiqildi. Ushbu fuqaroga ham 2 ta eshik hamda 3 ta deraza romlari olib berildi. Deputat tomonidan olib borilayotgan faoliyat butun mahalla fuqarolari tomonida e’tirof etildi.
Tashkiliy tadbirlar
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasidagi qabul qilingan qarorlar edo.ijro.uz tizimi orqali yuborilgan qarorlarni ijrosi yuzasidan ma’lumotlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 25 mart soat 14-00 da ZOOM platformasi orqali Kengash kotibiyati mudirlari va mutaxassislari ishtirokida xaftalik taxliliy yig‘ilishga ishtirok etildi.








