“KORRUPSIYA — KELAJAK KUSHANDASI”
Har birimizdan jamiyatda kechayotgan jarayonlarga befarq bo‘lmaslikni, o‘zaro jipslashib, taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan illatlarni bartaraf qilishda hamjihatlikni taqozo qiladi. Hech shubhasiz, jamiyat farovonligi va taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan ana shunday illatlardan biri va eng xavflisi korrupsiyadir Xo‘sh, korrupsiya nimasi bilan xavfli?
Korrupsiya, avvalo, har qanday jamiyatning tag-tomirini yemiruvchi, fuqarolarning davlatga, qonunga bo‘lgan ishonchini susaytiruvchi va yo‘qqa chiqaruvchi illatdir. Bu illat yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishida ham turli to‘siq va g‘ovlarni yuzaga keltiradi, ularning ertangi kunga ishonchini susaytiradi.
Binobarin, butun jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish bugungi kunda departament organlarining eng ustuvor vazifasidir. Ayni paytda departament tizimining o‘zida korrupsiyaviy holatlarga tamomila barham berish bo‘yicha ham keskin choralar ko‘rilmoqda.
Bu boradagi ishlarni yanada samarali ro‘yobga chiqarish uchun esa, prokuratura organlari, avvalo, keng jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar vakillari, eng muhimi, har bir fuqaroning ko‘magi va uzviy hamkorligiga tayanadi.
Shunday ekan, aholi va keng jamoatchilikni jamiyatda, xususan, departament organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borish hamda tizimdagi korrupsiyani bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiramiz. Agar departament organlarining biror-bir xodimi faoliyatida korrupsiya yoki boshqa qonunbuzilishlar bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik) ni kuzatsangiz yoki sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha AMIB tezkor vakilining (71) 202-86-67 (ichki raqam 8923) yoki (66) 237- 80-13 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz. Korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar bergan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.
T. ABDURAHIMOV, Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha AMIB tezkor vakili.









