AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA

Bugun Kattaqo’rg’on shahar Madaniyat saroyi binosida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shaxsiy qabul hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Qabul jarayonida 70 nafarqdan ortiq fuqarolarning uy joyni xususiylashtirish, tadbirkorlik bo’yicha, kredit ajratish, ish bilan ta’minlash, gaz ta’minoti, moddiy yordam, davolanish kabi masalalar bo’yicha murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlarinng aksariyati joyida hal etilib, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholi murojaatlaridan kelib chiqib, fuqarolar tibbiy ko‘rikdan, shu jumladan, tez tibbiy yordam orqali yurak, qon tomir va boshqa shu kabi kasalliklar bo‘yicha tekshiruvlardan ham o‘tdilar.

O’tkazilgan ko‘rik natijasida kasalliklar aniqlangan bemorlarga ambulator va statsionar sharoitda davolanishlari uchun tavsiyalar berilib, shahar va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirilishi rejalashtirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan