O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning»C5+1″ formatidagi sammitidagi ishtiroki.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining rasmiy qarorgohi – Vashington shahridagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etdi.
Bu jarayonda davlatimiz rahbarining faol ishtirokini alohida taʼkidlash zarur. Chunki aynan O‘zbekistonning pragmatik va muvozanatli siyosatini tan olish natijasida Markaziy Osiyo «C5+1» formatidagi muloqotning asosiy drayveriga aylandi. Prezidentimiz tashabbuslari sabab bu format yangi mazmun kasb etdi. Geosiyosiy emas, amaliy iqtisodiy va gumanitar hamkorlikka asoslangan mexanizm sifatida shakllandi.
«C5+1» formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida davlatimiz rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Avvalo, ishtirokchi mamlakatlarda navbati bilan joylashtiriladigan doimiy faoliyat yurituvchi Kotibiyatni tashkil etish taklif qilindi.
Davlat idoralari, kompaniyalar va moliya institutlari o‘rtasida tizimli muloqotni ta’minlash maqsadida vazirlar darajasida Investitsiyalar va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» jamg‘armasini ishga tushirish dolzarb ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz va Yevropa bilan bog‘laydigan yirik transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirishda AQSH bilan faol ishlashga tayyorligini bildirdi.
Muhim minerallarni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni global yetkazib berish zanjirlariga kiritish uchun Maxsus qo‘mita tuzish taklif qilindi.
Mintaqa qishloq xo‘jaligini Amerika texnologiyalarini joriy etgan holda modernizatsiya qilish maqsadida Mintaqaviy agrotexnologik innovatsiyalar sherikligini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti AQSHning yetakchi muzeylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Ushbu «C5+1» formatidagi sammit tarixda yangi sahifa ochish bilan birga, Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi strategik muloqotni rivojlantirishda har tomonlama, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Xakimov Nurmurod Abdumuratovich
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati.









