Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni
Shahrimizda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun tayyorgarlik qilish maqsadida hamkorlikdagi ishlar tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida haftaning chorshanba — “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan hamda shahrimiz bo‘ylab kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi hodisalarini oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida tegishli tashkilotlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilish davomida har bir tashkilotga tegishli topshiqlar berildi.









