XALQARO TANLOV G‘OLIBLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI

Avvalroq “Iqtidor ansambli” Respublika tanlovi g‘olibi 11-IDUM “San’at g‘unchalari” ansambli jamoasining 20-24 oktabr kunlari Gruziya davlatining Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan “Fiestalonia Georgia” xalqaro tanlovida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritganligi haqida aytib o‘tgandik.

Bugun shahar Madaniyat saroyida tanlov g‘oliblari shahar hokimligi hamda jamoatchilik vakillari tomonidan munosib kutib olindi.

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova maktab jamoasini hamda g‘olib o‘quvchilarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etdi. Ularni kelgusida Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlovda ham oliy o‘rinlarni qo‘lga kiritishlariga tilak bildirdi.

G‘olib o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga shahar hokimining faxriy yorliqlari va sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar “San’at g‘unchalari” jamoasining ijod namunalaridan bahramand bo‘ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan