Kattaqo’rg’on shahar madaniyat saroyida migratsiyadan qaytgan va ketish istagi bo’lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Unda viloyat hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Z.Saidova, viloyat kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi E.Toshbotirov, viloyat migratsiya agentligi mas`ul xodimi E.Qo’qonov, shahar hokimi o’rinbosarlari I.Mamatov, Sh.Kuchkarova hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
So’zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida so’z yuritdilar.
Shuningdek, Kattaqorgon shaharda xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mavjud bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumot berildi.
Tadbir so’ngida fuqarolarning murojaatlari eshitildi.









