22–23 avgust kunlari Umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 avgustdagi 516-F-son farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 22–23 avgust kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi.









