Nara prefekturasida samarqandlik hunarmandlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ushbu ko‘rgazmada qo‘l mehnati asosida yaratilgan milliy hunarmandchilik namunalari, xususan, zardo‘zlik, kandakorlik buyumlari namoyish etildi.
Ko‘rgazma ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, o‘zbek milliy an’analarini keng targ‘ib etishga qaratilgan. Ko‘rgazma davomida yaponiyaliklar Samarqand oshidan ham tatib ko‘rdilar.
Samarqand madaniyati va hunarmandchiligini aks ettirgan mazkur ko‘rgazma boy madaniy merosimiz, xalq amaliy san’ati va an’anaviy uslublarini namoyish qilishga xizmat qiladi.









