“KO‘RINMAS QALPOQ” SPEKTAKLI PREMERASI O‘TKAZILDI

Shahar Drama teatrida gruziyalik ijodkor Georgiy Eristavi qalamiga mansub bo‘lgan “Ko‘rinmas qalpoq” spektakli premerasi o‘tkazildi. Komediya janridagi ushbu asar gruziyalik rejissyor Kaxa Gogidze tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, J.Jomonov tomonidan tarjima qilingan.

Asarda oiladagi er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, rashk, sadoqat, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari komedik janrda ochib berilgan. Spektaklda asar qahramonlarining hayoti yaxshi yakun topadi.

Spektakl premerasida shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, hamshaharlarimiz ishtirok etishdi. Rollarni mahorat bilan ijro etgan aktyorlar tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Spektakl yakunida rejissyor Kaxa Gogidzega minnatdorchilik hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan