KATTAQÖRĞON ŞAHRIDA INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI LOYIHALAR AMALGA OŞIRILADI

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PQ-219-sonli qarori ijrosi doirasida Kattaqörğon şahrida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, tadbirkorlik uçun qulay şaroitlar yaratiş hamda aholi turmuş sifatini yaxşilaşga qaratilgan qator loyihalar amalga oşiriladi. Mazkur maqsadlar uçun Kattaqörğon şahriga jami 117 milliard söm mablağ ajratilişi belgilangan.

Xususan, Eski şahar hududida joylaşgan 50 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş obyektlari faoliyatini kengaytiriş, hududning jozibadorligini oşiriş hamda aholi va tadbirkorlar uçun qulay muhit yaratiş maqsadida Narpay kanalining 1 kilometr qismini kompleks obodonlaştiriş rejalaştirilgan.

Loyiha doirasida piyodalar xavfsizligini ta’minlaş uçun yer osti tuneli, kanal ustidan metall konstruksiyali yangi osma körpri quriş, kanal böylarini panjara bilan öraş, zamonaviy salomatlik yölagini taşkil etiş, tungi yoritiş çiroqlarini örnatiş hamda yöllarga asfalt yotqiziş işlari amalga oşiriladi.

Şahar hokimi Gavhar Alimova tegişli örinbosarlari va mas’ullar hamrohligida Eski şahar hududida bölib, rejalaştirilgan loyihalar, ularning joylaşuvi va amalga oşirilişi lozim bölgan işlarni joyida örgandi.

Mas’ullarga loyihalarni puxta rejalaştiriş, quriliş işlarida sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.

Uşbu loyihalar Eski şahar hududiga yangi qiyofa bağışlaş, savdo va xizmat körsatiş salohiyatini oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda şahar aholisi va mehmonlari uçun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratişga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan