QURILISHLAR TALABGA JAVOB BERADIMI?

Shahrimizdagi qurilish obyektlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining bugungi ahvoli va jarayoni viloyat hokimi o‘rinbosari N. Rahmonov boshchiligida tahlil qilindi.

Muhokama davomida qurilish obyektlaridagi ahvol ko‘rib chiqilib, asosiy e’tibor yangi o‘quv yili yaqinlashayotgani sababli ta’lim maskanlarini belgilangan talab va me’yorlarga mos ravishda, o‘z vaqtida topshirishga qaratildi. Zero, foydalanishga topshirilayotgan har bir yangi va ta’mirlangan maskan avvalo xalqimiz farovonligi hamda aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami oldidan barcha qurilish obyektlarida ishlarni yuqori sifat bilan bajarish va belgilangan muddatlarda topshirish yuzasidan muhim topshiriqlar berildi. Yig‘ilish so‘ngida bu boradagi mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish va sur’atni oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan