Mahallarda xavfsiz va osoyishta muhit mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-apreldagi 35-sonli bayoni hamda Samarqand viloyati hokimligi, DXX, IIB, Milliy gvardiya va FVBning 2026-yil 27-iyundagi qo‘shma qarori talablari asosida viloyat miqyosida “Xavfsiz hudud” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbir ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo’rg’on shahar prokurori S.Kabilov, shahar IIB boshlig’i v.v.b. S.Botirov, soha xizmatlari rahbarlari va xodimlar ishtirokida shaharning “Chinobod”mahallasi hududida “Tozalash” maxsus tartibdagi profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Unda mahalladagi muammolar o’rganilib, ularni bartaraf etish bo’yicha ma’sullarga vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, aholi o’rtasida huquqiy targ’ibot ishlari olib borilib, tinch, xavfsiz va obod muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.









