TIBBIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI O‘RGANILDI
Shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limiga Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari I. Umrzoqov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S. Zayniyev, vazir maslahatchisi A. Jalilov hamda B. Yusupovlar Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘ldilar. Mutasaddilar tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida 3,2 gektar maydonda joylashgan, 300 o‘rinli “Muruvvat” majmuasi ko‘zdan kechirildi. Ushbu majmua negizida davolash, tibbiy reabilitatsiya, palliativ yordam va parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyiha nafaqat Kattaqo‘rg‘on shahri, balki qo‘shni tumanlar aholisiga ham tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Yakunida majmuani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.









