Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

Kattaqo’rg’on shahar “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtmoqda

Kattaqo’rg’on shahar sport maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining yengil atletika yo‘nalishidagi 2-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada Kattaqo’rg’on shahri hamda Kattaqo’rg’on, Narpay va Paxtachi tumanlaridan kelgan sportchilar g’oliblik uchun bellashdilar. Musobaqa Nizomida belgilangan yengil atletikaning 7 ta turi jumladan, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, balandlikka sakrash, nayza uloqtirish, yadro itqitish hamda 100/110 metrga g‘ovlar osha yugurish turlaridan bahslar o‘tkazilmoqda