⚽️Bugungi kunda respublikamizda futbolga boʻlgan eʼtibor har qachongidan ham yuqori. Shu jumladan, Kattaqoʻrgʻonda ham futbolni rivojlantirish yoʻlida jiddiy qadamlar tashlanmoqda.
Oʻtgan mavsumda 2-ligada 3 ta kubokni qoʻlga kiritgan jamoamiz, Oʻzbekiston 1-ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, yuqori ligada oʻz ishtirokini boshladi.
⚡️Jamoamiz 1-liganing dastlabki turida mehmonda Navoiy FA klubiga qarshi bahsga kirishib, yirik 3 : 0 hisobida gʻalaba qozondi.
🗓Navbatdagi tur joriy yil 21 aprel kuni Kattaqoʻrgʻon shahri markaziy oʻyingohida boʻlib oʻtadi.
Mazkur uchrashuvni bayramona kayfiyatda oʻtkazish uchun barcha futbol muxlislarini shahrimiz markaziy oʻyingohida kutib qolamiz.