❇️- Ayol kishining hokim boʻlganidan judayam xursand boʻldim, – deydi 92 yoshli Baxmal ona shahar hokimi Gavhar Alimova bilan suhbatda. Bu albatta, yurtimizda ayollarga, xotin-qizlarga berilayotgan eʼtibor, ularni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi islohotlarning natijasi, deya takidladilar.

🔸“Keksalar haftaligi” tadbirlari doirasida shahar hokimi shahrimizda istiqomat qilayotgan nuroniy onaxonlarning xonadonlarida boʻldi.

🔸Onaxonlar shahar hokimi bilan boʻlgan samimiy suhbatlari davomida keksalarga berilayotgan bu kabi eʼtibor uchun mamnunliklarini bildirdilar hamda shahrimizni bundan keyin ham yanada gullab-yashnashi, rivojlanshini tilab duo qildilar va bu ishlarni amalga oshirayotgan masʼullarning ishlariga rivoj tiladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan