Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatrida 1 oktyabr-«O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda shahar hokimligi vakillari, sektor rahbarlari ustoz-pedagoglar ishtirok etmoqda. Shahar hokimining bayram tabrigini hokim o’rinbosari Jamshid Nosirov o’qib eshittirdi.
O‘quvchi-yoshlarga munosib ta’lim-tarbiya berishda samarali faoliyat yuritgan fidoyi ustozlarning sharafli va mashaqqatli mehnatlari e’tirof etilmoqda.