Vazirlara Mahkamasining 16.10.2023 yildagi 540-sonli qarori bilan, “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida
E-auksion shop elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bunda Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida E-auksion shop elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.

Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

► narxni oshirib borish tamoyili asosida;

► eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur. Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi

Savdolar elektron do‘konda xabarnoma eʼlon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da boshlanadi va besh ish kuni davomida, oxirgi ish kuni soat 18:00 ga qadar o‘tkaziladi. Savdolar boshlang‘ich narxdan bir savdo qadamiga oshirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) taklifini tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi. Agar ishtirokchi savdo vaqti yakunlanishiga 10 daqiqadan kam vaqt qolganda narx tasdiqlasa, savdo oxirgi taklif tasdiqlangandan keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif savdoni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi.
10 daqiqa davomida ishtirokchilarning birontasi narx tasdiqlanmasa, savdolar yakunlanadi.

Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi to‘rtta qadamda – boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

E-auksion shop elektron savdo dokoni qulayligini bildiruvchi 3 ta fakt quyidagilar:

Birinchidan, ushbu do‘kondan Bojxona servis tashkiloti va Majburiy ijro byurosi tomonidan davlat daromadiga olingan maishiy texnika va boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyati mavjud. 

Ikkinchidan, do‘konda istagan shaxs o‘ziga tegishli mulkni bepul savdoga qo‘yishi mumkin. Uchinchidan, bu do‘kon “E-auksion” platformasi bilan hamkorlikda ishlagani sababli, 1,7 milliondan ortiq mijozlar bazasiga ega.

Qaxramon Eshankulov 

 Elektron onlayn-ausionlarni tashkil etish  AJ Samarqand viloyati hududiy vakili

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan