Kattaqo’rg’on shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, navbatdagi tungi tezkor-profilaktik tadbir oldidan o‘tkazilgan xizmat oldi yo‘riqnomasida shahar sektor rahbarlari ishtirok etib, xizmat xodimlariga fuqarolar osoyishtaligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida zarur ko‘rsatma va topshriqlar berildi.

Shundan so‘ng prafilaktika nozirlari, YPX, Milliy gvardiya va soliq inspeksiyasi xodimlaridan iborat tarkib, el osoyishtaligi uchun o‘z xizmat vazifalariga kirishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan