Yurtboshimiz Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarni «Hayot maktabi»ga tayyorlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan edi.
Bugub ushbu tashabbusni boshqa hududlarda ham joriy etish maqsadida Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida amaliy seminar tashkil qilindi. Seminar doirasida Samarqand viloyati tuman, shahar hokimlari, hokim o‘rinbosarlari va maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari mudirlari Oqdaryo tajribasi bilan tanishmoqdalar.




