⚡️Xalqimizda azaldan keksalar, bemorlar, ehtimyojmand insonlarni yo‘qlab, holidan xabar olishdek ezgu an’ana qadr topgan. Yurtimizda amalga oshirilayotgan inson qadri oliy qadriyat hisoblangan islohotlar zamirida ham ushbu g‘oyalar mujassam.
Bugun shahar hokimligi vakillari ham ushbu an’anaga amal qilgan holda shahrimizda yashovchi keksalarning, hamshaharlarimizning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar.

⚡️Jumladan, “Oq-oltin”, “Damariq”, “G‘arb-machit” mahallasida yashovchi keksalar, “Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlarga pul mablag‘larini topshirdilar.
Albatta, hamshaharlarimiz ko‘rsatilgan mehr va e’tibor uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar va xayrli ishlarning bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar.
Mehr va saxovat tadbirlari davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan