Respublikamiz Prezidentining joriy yil 16 fevralda “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo’rg’on shahridagi ijtimoiy soha ob’yektlari, davlat idoralari, korxona-tashkilotlar hamda aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi yashil energiya manbalari bo’lgan quyosh panellari va gelio-kollektorlar o‘rnatilishi davom etmoqda.
Shahrimizning Tibbiyot birlashmasida ham elektr energiyasini iqtisod qilish, “Yashil energiya” manbalarini joriy qilish maqsadida 30 kWt li quyosh panellari va uskunlari oʻrnatilib, hozirgi kunda toʻliq foydalanib kelinmoqda.