Maʼlumotlarga ko‘ra, yurtimizda bugungi kunda 15 mingdan ziyod kishi onkologik yordamga muhtoj. Bu kasalliklarni muvaffaqiyati davolashning asosiy omili xastalikni dastlabki bosqichidayoq aniqlashdan iboratdir. Bu esa, yaqin istiqbolda onkologik kasalliklarni aniqlashni tizimli yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq qator chora-tadbirlar ko‘riladi, deganidir.

Davlat rahbarining dasturida 120 ming nafar shunday kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish uchun barcha imkoniyatni ishga solishga qaratilgan vazifalar ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, ehtiyojmand oilalarning onkologik kasalligi bor farzandlarida o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun xarajatlarni to‘liq davlat hisobidan qoplashga zarur moliyaviy resurslar jalb qilinadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan