family, walking, countryside

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so’mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

(https://lex.uz/docs/5676240#5676459) Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

bozor stavkasida mijoz xohishiga ko’ra 6 oy imtiyozli davr bilan;

20 yildan ko’p bo’lmagan muddatga;

boshlang’ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda.

Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim, jumladan:

kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan bo’lishi;

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo’lishi lozim);

daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgaega bo’lishi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan