🌞Yoz mavsumi boshlandi. Ushbu vaqtda esa insonlarda, xususan yoshlarda cho‘milish havzalariga borishga ehtiyoj yanada ortadi. Yaqinda shahar hokimi o‘rinbosari J. Nosirov tomonidan o‘rganish davomida cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida bolalarning cho‘milish holatlari kuzatildi. Bolalarga bu kabi holatlar olib keladigan nohush holatlar haqida tushuntirishlar berildi va bunda shahrimizdagi sport maktabidagi suv havzasi borligini va ushbu maskanga borishlari mumkinligini takidladilar.

🏊🏻‍♂️Shu o‘rinda hamshaharlarimizga yoz mavsumida farzandlarini xavfsizliklariga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan