Kattaqo’rg’on garnizoni harbiy qismda harbiy qism qo’mondonligi va Samarqand harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda “Prokuror va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Samarqand harbiy prokurori – adliya polkovnigi Odil O’sarov ishtirok etib, shahrimizdagi uyushmagan yoshlari hamda yosh harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. Tadbir davomida uyushmagan yoshlar muammolari o’rganilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, uchrashuv so’ngida prokuror tomonidan yoshlarga esdalik sovg’alar topshirildi.