SHAHAR KENGASHI SESSIYASI OʻTKAZILDI

Bugun shahar hokimligida Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻttizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibidan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar oʻrin oldi.

Dastlab, shahar hokimi Gavhar Alimovaning 2026-yilning uchinchi choragida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Bundan tashqari, sessiya kun tartibidan aholi murojaatlari bilan ishlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mahalliy byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish, aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, «Yashil dastur»ni tasdiqlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga oid masalalar ham oʻrin oldi.

Mazkur masalalar shahar taraqqiyoti, aholi farovonligi va jamoat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan