KATTAQOʻRGʻON SHAHRINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi «Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida»gi PQ-392-son hamda 2026-yil 10-iyundagi «Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-219-son qarorlarida belgilangan vazifalarning Kattaqoʻrgʻon shahrida amalga oshirilishi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Sherbek Buranov, shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar hokimining oʻrinbosarlari, shuningdek, viloyat va shaharning tegishli soha va tashkilotlari mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Muhokama davomida mazkur qarorlar doirasida shaharda olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda ustuvor yoʻnalishlardagi chora-tadbirlarni muddatida sifatli amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, mavjud masalalarni oʻz vaqtida hal etish va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan