Yoshlar taklif va muammolari etiborda
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari hamda shahar prokurori yordamchisi ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan muloqot olib borilib, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida qonuniylik va huquqiy mas’uliyatni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli mutaxassislardan javob oldilar.
Mazkur uchrashuv talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.









