MUDDATLI HARBIY XIZMATGA KIMLAR TANLAB OLINADI?
Kattaqo’rg’on shahar Mudofaa ishlari bo’limi tomonidan 18 yoshdan 27 yoshgacha bo’lgan fuqarolar uchun muddatli harbiy xizmat (1 yillik) hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga navbatdagi tanlov-saralash ishlari boshlandi. Chaqiriluvchilar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi bilan mudofaa ishlari bo’limiga kelishlari shart.
Saralashda birinchi navbatda fan va texnika yutuqlarini egallagan, intellektual salohiyatli, jismonan baquvvat va fidokor yoshlarga ustunlik beriladi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismlarga bo’yi 165 sm va undan yuqori bo’lgan, sog’lom nomzodlar saralab olinadi. Mudofaaga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining harbiy-texnika mutaxassisliklari tayyorlash markaziga esa 17 yoshga to’lgan va zaruriy bilimga ega yoshlar jalb etiladi.
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi 2026-yil 10-avgustdan 2027-yil 10-fevralga belgilangan quyidagi normativlar asosida tekshiriladi:
Turnikda tortinish — 8 marotaba va undan ortiq;
100 metrga yugurish — 15.0 soniyadan ko’p bo’lmagan vaqtda;
3000 metrga yugurish — 13.45 daqiqadan ko’p bo’lmagan vaqtda.
Ushbu normativ sinovlaridan o’tmagan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga yuborilmaydi. Olimpiada, Jahon, Osiyo va Respublika musobaqalari g’oliblari, sport ustalari hamda sport razryadlariga ega chaqiriluvchilar birinchi navbatda xizmatga tanlab olinadi.
Harbiy xizmatni a’lo darajada o’tagan yoshlarga oliy o’quv yurtlariga kirishda imtiyozli ball beriladi hamda quruqlikdagi, ichki ishlar va boshqa vazirlik-idoralar tizimida shartnoma asosida xizmatni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
Murojaat uchun telefon: 0-366-455-29-30
Mudofaa ishlari bo’limi ma’muriyati.






