BAHORISTON MAHALLASI QIZLARI — RESPUBLIKA G‘OLIBLARI!
Kattaqo‘rg‘onlik yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi”da yana bir yuksak natijani qayd etdi.
Xorazm viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida stritbol musobaqasining Respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrining “Bahoriston” mahallasi qizlar jamoasi ham munosib ishtirok etib, 208 ta tuman va shahardan saralangan eng kuchli jamoalar bilan murosasiz bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda sportchi qizlarimiz o‘zlarining mahorati, irodasi va jamoaviy birdamligini namoyon etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Ushbu yutuqning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, Kattaqo‘rg‘on shahri jamoasi qiymati 200 million so‘mlik zamonaviy “Workout” maydonchasini qo‘lga kiritdi. Bu esa mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va yangi g‘alabalar sari intilishlari uchun katta imkoniyat yaratadi.
P.S.Yaqinda Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Gimnastrada” musobaqasining Respublika final bosqichida Kattaqo‘rg‘on shahrining 1-sektor jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, qiymati 300 million so‘mlik zamonaviy sport maydonchasini qo‘lga kiritgan edi.
Bahoristonlik sportchi qizlarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!
G‘alaba muborak, Kattaqo‘rg‘on yoshlari!
Yangi marralar va yangi zafarlar sari olg‘a!









