Bugun, Kattaqo‘rg‘on garnizoniga qarashl harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 3-maydagi PQ-1765-son qarori hamda Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (https://lex.uz/docs/-4723315)asosida tashkil etilmoqda.
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 tani tashkil etib, ularning
40 tasi — jangovar tayyorgarlik,
20 tasi — maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik,
10 tasi — matematika fani,
10 tasi — fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi mantiqiy test savollaridan iborat.
Baholash meʼzonlarida har bir to‘g‘ri javob uchun:
Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha — 1,2 ball,
maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik bo‘yicha — 1,1 ball,
matematika bo‘yicha — 1 ball,
fizika bo‘yicha — 1 ball,
Mantiqiy savollar bo‘yicha — 1 ball berilishi ko‘zda tutilgan.
Jami: 110 balni tashkil etadi.
Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 3 soatni tashkil etadi.
Muddatli harbiy xizmatchilarga test sinovi uchun 3 soat vaqt beriladi.
Tavsiyanomalarni berish miqdori;
Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatida bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak.
Agar nechta harbiy xizmatchilar teng miqdorda ball to‘plashi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ballarning pasayib borish tartibi bo‘yicha cheklov doirasiga kirishi lozim bo‘lgan oxirgi muddatli harbiy xizmatchi bilan teng miqdorda ball to‘plagan harbiy xizmatchilarning barchasiga tavsiyanoma berilishi lozim.
Tavsiyanoma qo‘llanilishida OTMlarning farqlari;
Respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
Respublikaning oliy taʼlim muassasalari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17- avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan beriladi.
Ushbu Nizomda belgilanmagan barcha holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun alohida qabul kvotalari
Abituriyentlar uchun Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda Davlat komissiyasi tomonidan alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriatiga (har bir taʼlim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha) o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarining besh foizi miqdorida belgilanadi.
Samariddin Suyunov
BMBA Samarqand viloyati bo‘limi mutaxassisi.