Kuni kecha shahar hokimligida davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va yoshlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ushbu davrga qadar yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha 21 nafar tashkilot rahbarlariga doimiy ishlash uchun biriktirilgan bo‘lib, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
2023 yilning 25-avgust holatiga ko‘ra muammoli yoshlar sifatida ro‘yxatga olingan 1 060 nafar yoshlarning 1 008 nafarini muammolari ijobiy hal qilingan. 52 nafar yoshlarni ham muammolari hal qilish jarayoni ketmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarni kelgusida hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashish borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan