⚡️Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘plab yoshlar uchun haqiqiy imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Ayniqsa, ularni “Yoshlar daftari” orqali qo‘llab-quvvatlanayotgani ijtimoiy ko‘makka muhtojlarni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
⚡️Bugun “Yoshlar daftari”da turgan ana shunday yoshlarning 28 nafariga shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi tomonidan tikuv mashinasi, pishiriq pechi, payvandlash va avtomobil yuvish uskunasi, noutbuk va boshqa asbob-uskunalar tarqatildi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu yoshlarni kelgusida berilayotgan bu imkoniyatlardan foydalanib o‘z hayotlarini yanada yaxshilashlarini, albatta, bu kabi ishlar mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo’rlikning namunasi ekanligini ta’kidladi.