Sayyor qabul davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofazasi, yashash sharoitlari, kommunal xo’jaligida uchrayotgan muommolari, uy-joy masalalari va bandlik masalari ko’rib chiqildi.

Harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitini yanada yaxshilanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ish bilan bandligini ta’minlash mazkur sayyor qabulning asosiy maqsadi etib belgilandi. Qabul davomida 44 ta murojaat kelib tushdi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda 44 ta murojaatdan 13 tasi joyida ijobiy hal etildi, 15 ta murojaat esa tegishligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi va 16 tasi nazoratga olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan