TARIXIY MEROS — MILLAT BOYLIGI: KATTAQÖRĞONNING MUQADDAS QADAMJOLARI OBOD ETILMOQDA

Kattaqörğon şahrining boy tarixiy merosini asrab-avaylaş, buyuk ajdodlarimiz xotirasini e’zozlaş hamda şaharning turizm salohiyatini yanada yuksaltiriş borasida muhim işlar amalga oşirilmoqda.

Ayni kunlarda Madaniy meros agentligi tomonidan şahardagi «Ziyolilar» mahallasi hududida joylaşgan Söfi Olloyor masjidini qayta tiklaş va restavratsiya qiliş işlari olib borilmoqda.

Mazkur tarixiy maskan buyuk mutafakkir va tasavvuf namoyandasi Söfi Olloyor hayoti hamda ijodi bilan boğliq muhim qadamjolardan biridir. Uni obod qiliş, tarixiy qiyofasini asrab-avaylaş nafaqat ajdodlar merosiga hurmat, balki Kattaqörğonning tarixiy va turistik jozibadorligini oşiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

Şahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida ziyoratgohga taşrif buyurib, olib borilayotgan quriliş-ta’mirlaş va restavratsiya işlari bilan tanişdi. Örganiş davomida işlarni tarixiy obidaning öziga xos me’moriy qiyofasini saqlagan holda, belgilangan talablar asosida va sifatli amalga oşiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli tavsiya hamda körsatmalar berildi.

Şuningdek, şahar hokimi mahalla hududidagi yana bir tarixiy maskan — «Begijon» tarixiy obyektida ham bölib, uning bugungi holatini közdan keçirdi. Mazkur obyektni obodonlaştiriş va zarur quriliş-ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş böyiça rejalar belgilab olindi.

Tarixiy obidalarni asrab-avaylaş — ötmiş oldidagi ehtirom, kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatdir. Bu kabi ezgu işlar Kattaqörğonning boy tarixini keng tarğib etiş, muqaddas qadamjolarini obod qiliş va şahar turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan