Fuqarolar murojaatlari eshitildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan hududlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan o‘tkaziladigan rejali sayyor qabullar jadvali asosida shahrimizdagi “Qo‘shxovuz” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🇺🇿Unda shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh. Amonova hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari mahalla aholisining muammolarini o‘rganishdi.

Qabul davomida mahalla fuqarolari va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularning muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

Aksariyat murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan