“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

Bugun, Samarqand Pedagogika texnikumida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J. Gʻaniyev, shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i B. Ko‘ziyev, viloyat Kengashi deputati, Samarqand Pedagogika texnikumi direktori F. Raximova hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rahbarlar tomonidan yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bilimli, faol va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan