BAYRAM OLDI ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI FAOLIYAT BOSHLADI
Mamlakatimizda ulug‘ ayyom — Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami shukuhi kezib turgan bir paytda, aholi uchun qulayliklar yaratish, bayram dasturxonining to‘kinligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu kunlarda Kattaqo‘rg‘on dehqon bozori MCHJ hududida aholi uchun navbatdagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu tashabbus yurtdoshlarimizga bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni qulay va hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatini bermoqda.
Bugun, Kattaqo‘rg‘on dehqon bozorida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Zavqiyev va shahar prokurori S.Kabilov tomonidan bozor ma’muriyati hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan aholi uchun yaratilgan sharoitlar o’rganilib, bozordagi narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda mahsulotlarning belgilangan arzon narxlarda sotilishini qat’iy nazorat qilish maqsadida tegishli mas’ullar tomonidan doimiy monitoring ishlari olib borish yuzasidan vazifalar belgilandi.









