4 karra Osiyo chempioni munosib kutib olindi

Yaqinda Jakarta shahrida o’tkazilgan boks bo’yicha U-19 va U-20 Osiyo chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan hamyurtimiz Sevara Mamatova Kаттаqo’rg’onga qaytib keldi. Hindistonlik raqibasi Chahat bilan kechgan keskin jang mobaynida o’zining yuksak mahorati, texnik va taktik ustunligini namoyish etib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo’lgan edi.

Bugun kattaqo’rg’onliklar — shahar hokimligi vakillari, yoshlar, sportsevarlar va keng jamoatchilik 4 karra Osiyo hamda 1 karra Jahon chempioni bo’lgan iste’dodli sportchimizni katta shukuh va ehtirom bilan kutib olishdi.

Uchrashuv davomida sportchimizning erishgan buyuk g’alabalari yurtimiz yoshlari uchun ulkan namuna ekanligi ta’kidlanib, kelgusi jahon maydonlaridagi musobaqalarda ham zafarlar tilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan