O‘quvchi-yoshlarning kuzgi ta’tili davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil qilinmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida shahrimizdagi 11-IDUM o‘quvchilariga qadimiy Samarqand shahriga sayohatlari, «Sharq yulduzi» kinoteatridagi film tomoshasi juda manzur bo‘ldi.Shuningdek, 12 umumta’lim maktabi o‘quvchilarining Samarqand shahriga sayohatlari va tarixiy obidalar bilan tanishishlari ham maroqli bo‘ldi.


