MINI FUTBOLDA NURONIYLAR

Kattaqo‘rg‘on shahrida nuroniylar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — keksa avlod vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat.

Bellashuvlarda nuroniylar faol ishtirok etib, sport va do‘stlik ruhida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar baxsh etdi.

Sport — salomatlik, faol hayot va uzoq umr garovidir!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan