QAROR IJROSI NAZORATDA
Mamlakatimiz Prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392 sonli qaroriga asosan hozirgi kunda Kattaqo‘rg‘on shahrida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori yordamchisi Abdujabbor Muminov tomonidan tegishli masʼullar bilan shahrimizdagi ushbu qurilish obyektlarida bo‘lib, qurilish-taʼmirlash ishlari ahvoli o‘rganildi.
O‘rganishda pudratchilar va davlat nazoratini amalga oshiruvchi maʼsullar bilan suhbatlashib, qurilish-taʼmirlash ishlarini to‘liq, sifatli va o‘z muddatida bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









