SHAHAR HOKIMI MUROJAATLARNI JOYIDA O‘RGANDI

Yurtimizda aholining farovon va baxtli hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatidagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va muammolarga yechim topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mahallalarda bo‘lib, aholi murojaatlarini o‘rgandi. Uchrashuvlar davomida 5 nafar fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari mas’ul tashkilotlar, mahalla yettiligi vakillari ishtirokida joyida tinglandi.

Fuqarolarning uy-joyini taʼmirlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, moddiy yordam, obodonlashtirish masalalari, davolanish uchun ko‘mak olish masalalari yuzasidan bildirilgan murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaat nazoratga olindi.

Bugungi kunda Kattaqo’rg’on shahrida bu kabi o‘rganishlar orqali fuqarolar muammolarini tezkor va samarali hal etishga e’tibor qaratilyapti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan